Jahon | 14:02 / 04.12.2015
6601
2 daqiqa o‘qiladi

Oila baliqchilar kulbasini orzusidagi uyga aylantirdi

Inson chinakamiga baxtli bo‘lishi uchun unga dang‘illama hovlining keragi yo‘q. Massachusetslik oila avvallari kema abzallari va qarmoqlar saqlash uchun moslashtirilgan ombor sotib olib, uni tasavvur qilib bo‘lmas darajadagi zamonaviy va  shinamgina uyga aylantirishdi.

Massachusetslik oilaning ijod mahsulini tomosha qiling va siz ham dengiz hayoti to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring, balki siz ham shunday uyga ega bo‘lishni istab qolarsiz.

Suvning ko‘tarilish paytida dengiz uyni butunlay o‘z bag‘riga oladi.

Oila eski uyning o‘ziga xos jihatlarini saqlab qolishga harakat qildi.

Zamonaviy jihozlar uy intereri chiroyiga chiroy qo‘shib turibdi.

Uyda ikkita shinam yotoqxona mavjud.

Ulardan biri shundog‘ oshxona tepasidan joy olgan.

Ta'mirlov juda oddiy – devorlar va romlar oqqa bo‘yalgan, pollar bo‘lsa eski bo‘yog‘idan tozalanib, silliqlangan, xolos.

Qulaygina qilib jihozlangan oshxonada barcha kerakli buyumlar bor.

Uyning eng asosiy qismi – palubadagi terassa. Bu yerda uy sohiblari quyosh nurlarida isinib, suvning ko‘tarilishi va pasayishi shovqinini tinglab kunlarini zavq bilan o‘tkazishadi.