Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:31 / 04.12.2015
4290
1 daqiqa o‘qiladi
OPeK neft qazib olish kvotasini sutkasiga 1.5 mln barrelga ko‘tarishga qaror qildi
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) o‘z yig‘ilishida neft qazib olish kvotasini sutkasiga 1.5 mln barrelga ko‘tarib, 31.5 mln barrelga yetkazishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Kengaytirilgan kvotaga Indoneziyaning neft qazib olish ko‘rsatkichlari kiritilmadi.
Bu qarordan so‘ng London fond birjasida neft narxi bir necha daqiqa ichida 1.5 dollarga tushib ketdi. Brent rusumli benzinning 1 barreli narxi 43 dollardan biroz oshdi.