Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya IShIDga qarshi navbatdagi havo zarbalarini yo‘lladi
Buyuk Britaniya 5 dekabrda Suriyadagi IShID pozitsiyalariga ikkinchi aviazarbalar seriyasini boshladi. Bu haqda OAVlarda ma'lum qilindi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiya vaqtida mamlakat sharqidagi neft konlari nishonga olinmoqda.
2 dekabrda Buyuk Britaniya parlamenti qirollik harbiy-havo kuchlarining jangarilar obektlariga zarbalar berishiga ruxsat bergandi. Bu qaror qabul qilingandan keyin ikki soatdan kamroq vaqt o‘tib, Kiprdagi Akrotiri aviabazasidan jangarilarning Suriyadagi pozitsiyalarga zarba berish uchun Britaniyaga tegishli ikkita qiruvchi samolyot havoga ko‘tarilgan.