Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:37 / 05.12.2015
4630
1 daqiqa o‘qiladi
Denis Tenni mukofotlash paytida Qozog‘istonning eski madhiyasi yangradi (video)
Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilgan Golden Spin of Zagreb musobaqasida sovrindor bo‘lgan qozog‘istonlik sportchi taqdirlanayotganda Qozog‘istonning eski madhiyasi yangradi.
Qozog‘istonlik sportchi tashkilotchilarning xatosini darhol anglab yetdi va kaftini yuragi ustidan tushirdi.
Denis Ten musobaqaning qisqa va uzoq dasturi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U, shuningdek, Golden Spin of Zagreb turnirining 2014 yilgi g‘olibi ham hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish