Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB Kaliforniyadagi otishmani terakt sifatida baholadi
AQSh Federal qidiruv byurosi 4 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniyaning San-Bernardino shaharchasida amalga oshirilgan otishma terakt ekanini tan oldi. Bu haqda mahalliy telekanal efirida byuro vakillaridan biri ma'lum qilgan.
FQBning aniqlik kiritishicha, bu borada aniq dalillar qo‘lda emas, lekin tez orada shunday bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.
Bundan oldinroq, IShID Kaliforniyadagi otishmaga bilvosita aloqasi borligini tan olgandi.
Lekin, Kaliforniyada otishma uyushtirilganlarning uyi tintuv qilinganda ularning IShID bilan aloqadorligi isboti topilmadi.