Jahon | 07:28 / 05.12.2015
4406
2 daqiqa o‘qiladi

IShID Kaliforniyadagi otishmaga bilvosita aloqasi borligini tan oldi

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shahridagi otishma IShID terrorchilik guruhi tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan, deb xabar bermoqda terrorchilarga ro‘yxush beruvchi Aamaq axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Shu bilan birga terrorchilar o‘zlarini hujumning bevosita tashkilotchilari qatoriga qo‘shishmayapti.

Avvalroq San-Bernardinodagi otishmada ishtirok etgan ayol IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiyga vafodorlikka qasamyod qilgani ma'lum bo‘lgandi. 

AQShning San-Bernardino shahrida 2 dekabrda imkoniyat cheklangan odamlarga mo‘ljallangan markaz hududida otishma sodir etildi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bosqinchilikda ikki nafar kishi – Rizuan Faruk va Tashfen Malik ishtirok etgan. Ular harbiy taktika qo‘llagan va uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan bosqinchilikka tayyor bo‘lgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.    

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish