Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LA Times: Kaliforniyadagi otishma ijrochilari Suriyadagi jangarilar bilan aloqada bo‘lgan
3 dekabr kuni Kaliforniyaning San-Bernardino shaharchasida ommaviy qotilliklarni amalga oshirganlardan biri Sayd Rizvon Faruq kamida 2ta xorijiy jangarilar tashkilotiga aloqadorligi aytildi. Ulardan biri sifatida "Al-Qoida" tarkibidagi "Jibhod-an-Nusra" guruhi nomi aytilgan.
Los Angeles Times xabariga ko‘ra, bu haqda AQSh Federal xavfsizlik xizmati amaldori ma'lumot bergan.
Bundan oldinroq Sayd Faruqning rafiqasi Tashfin Malik o‘zining feysbukdagi sahifasida hujum boshlanishidan oldin IShIDga qasamyod qilgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, Tashfin Malik Pokistonda tug‘ilgan va vataniga tez-tez borib kelib turgan.
Shuningdek, Faruq Somalidagi "Ash Shabab" guruhi bilan aloqadorligi bo‘yicha ham shubhalar mavjud.
Pokiston hukumati Tashfin Malikning terrorchilarga aloqadorligi bo‘yicha ma'lumotni tekshirmoqda.
3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgandi. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.
Dastlab, bu otishmaga markazda uyushtirilgan ziyofatdagi janjal sabab bo‘lgani aytilgandi.
Keyinchalik, Kaliforniyada otishma uyushtirganlarning shaxsi tasdiqlandi. Ularning biri 28 yoshli Said Rizvon Faruq, ikkinchisi uning 27 yoshli rafiqasi Tashfin Malik ekani aytildi.
Bu guruh politsiya ta'qibidan qochish vaqtida bomba portlatgan.
Ular yashab turgan uydan 12ta qo‘lbola bomba topilgan.
Ko‘p o‘tmasdan Sayd Faruq ancha vaqtlik ta'tildan keyin yaqindagina AQShga qaytgani ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, uning rafiqasi 27 emas, 29 yoshdaligi, u AQSh fuqaroligiga ega bo‘lish uchun 2014 yilning iyulida o‘zidan 1 yosh katta Tashfin Malikka uylangani haqida ayon bo‘ldi. Ular 2013 yilda internet orqali tanishishgan edi. Shu yilning mayida ularning oilasida farzand dunyoga kelgan.
Maxsus xizmatlar ularning to‘yiga mehmon bo‘lganlar ro‘yxatini so‘rashgan.
Oilaning qo‘shnilari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, er-xotin hech kimga qo‘shilmasdan tinchgina hayot kechirib kelishgan.
Biroz oldinroq, FQB bu otishmani terakt sifatida baholagandi.