Jahon | 08:23 / 05.12.2015
1942
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Kaliforniyada otishma uyushtirganlarning uyi tintuv qilinganda ularning IShID bilan aloqadorligi isboti topilmadi

Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan odamlar uchun mo‘ljallangan markaz hududida otishma uyushtirgan jinoyatchilarning uyi tintuv qilinganda ularning IShIDga aloqadorligi bo‘yicha hech qanday isbot topilmadi, deb xabar bermoqda AQSh hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.    

Ta'kidlanishicha, otishma sodir etganlardan biri Tashfin Malik Saudiya Arabistoni huquq-tartibot muassasalari ro‘yxatida turmagan.

San-Bernardinoda otishma sodir etishga sabablardan biri islom haqidagi tanbeh bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Malik IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiyga vafodorlikka qasamyod qilgani ma'lum qilingandi.

Avvalroq IShID Kaliforniyadagi otishmaga bilvosita aloqasi borligini tan olgani ma'lum bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish