Sport | 20:21 / 05.12.2015
3438
2 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Siti" "Stok Siti"dan mag‘lub bo‘lib, APL peshqadamligini xavf ostida qoldirdi

Angliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "Stok Siti" hamda "Manchester Siti" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 2:0 hisobidagi mezbonlarning g‘alabasi qayd etildi.

Maydon egalarining avstriyalik hujumchisi Arnautovich uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi.

Bu g‘alaba "Stok"ka 22 ochko bilan turnir jadvalining to‘qqizinchi o‘rniga ko‘tarilish imkonini berdi.

"Manchester Siti" esa ayni vaqtda 29 ochko bilan birinchi o‘rinda qolayotgan bo‘lsada, turning boshqa o‘yinlari natijalariga ko‘ra bu o‘rnini yo‘qotishi mumkin.

"Shaharliklar"ni ta'qib qilayotgan "Lester", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalarida bu turdan keyin yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati mavjud.

Stok Siti – Manchester Siti 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Arnautovich, 2:0 – 15 Arnautovich.
Stok Siti – Batlend, Shoukross, Kemeron, Piters, Vollshayd, Shakiri (van Ginkel, 77), Uelan, Arnautovich, Afellay (Uolters, 85), Djonson, Krkich (Xoselu, 72).
Manchester Siti – Xart, Otamendi, Kolarov, Sanya, Demichelis, Fernandino (Delf, 56), Fernando, Silva (Navas, 62), de Bryuyne, Sterling, Boni (Ixeanacho, 57).
Ogohlantirishlar: Otamendi (51).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish