Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama 9 dekabr kuni Oq uyda Isroil prezidentini qabul qiladi
AQSh prezidenti Barak Obama 9 dekabr kuni Oq uyda Isroil prezidenti Reuven Rivlinni qabul qiladi. Ular ekstremizmga qarshi kurash va ikki tomon munosabatlarini muhokama etishadi. Bu haqda Barak Obama matbuot kotibi ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Obama hamkasbi bilan “xavfsizlik borasida ikki tomonlama hamkorlik” to‘g‘risida muloqot olib boradi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi so‘nggi yangiliklar, ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash va Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlik o‘rnatishni yangi bosqichga ko‘tarish borasida ham suhbat bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.