Sport | 22:17 / 05.12.2015
6069
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» o‘z maydonida «Xetafe»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida “Real” "Xetafe"ni qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

Madridliklar dastlabki bo‘limning o‘zidayoq “Xetafe” davrozasiga to‘rtta gol urishdi. “Real“ tarkibida Benzema dubl qayd etgan bo‘lsa, Beyl hamda Ronaldu o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Mehmonlarning yagona goli esa o‘yinning 70-daqiqasida Ruano tomonidan urildi.

Shu tariqa, “Real” o‘z ochkolari sonini 30taga yetkazdi. Birinchi o‘rinda 33 ochko bilan o‘rin olgan "Barselona" bu turni "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi.

Ispaniya chempionati, 14-tur

Real Madrid – Xetafe 4:1 (4:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 4 Benzema, 2:0 – 16 Benzema, 3:0 – 35 Beyl, 4:0 – 38 Ronaldu, 4:1 – 70 Ruano.
Real Madrid – Navas, Nacho, Pepe (Arbeloa, 87), Danilo, Modrich (Kovachich, 62), Kroos, Beyl, Xames, Vaskes, Ronaldu, Benzema (Xese, 78).
Xetafe – Guaita, Kala, Lago, Suares, Ruano, Lafita, Lasen, Vamberto (Leon, 62), Sarabiya, Rodriges (Mensa, 80), Vaskes (SHCHepovich, 46).
Ogohlantirish: Danilo (37).