Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:08 / 06.12.2015
5466
1 daqiqa o‘qiladi
Eronning g‘arbiy tumanlari qor bo‘roni bilan qoplandi
Qor bo‘roni Eron poytaxtini qoplab oldi, deb xabar bermoqda TASS.
Tehrondagi havo darajasi noldan pasayib ketdi. Bu mavsum uchun noodatiy hisoblangan ob-havo shahar harakatini to‘xtatib qo‘ydi.
5 dekabrda g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy viloyatlarda tuni bilan qor yog‘di.
Sovuq, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi tufayli maktablardagi mashg‘ulotlar qoldirildi.