Fan-texnika | 23:23 / 06.12.2015
7874
2 daqiqa o‘qiladi

NASA shovqin chiqarmaydigan tovushdan tez uchuvchi samolyot yaratmoqchi

Odatda samolyot tovush tezligidan tezroq uchganda, chaqmoq tovushi kabi baland shovqin soladi. AQShning NASA koinot agentligi olimlari buni shovqinsiz amalga oshiruvchi samolyot yaratishmoqchi. Bunday samolyot o‘z vaqtida aynan yuqori shovqin darajasi tufayli voz kechilgan tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotlari parvozlarini amalga oshirishni yana haqiqatga aylantirishi mumkin.

Ayni paytda olimlar shovqinning umumiy darajasini pasaytirish usullarini ishlab chiqishmoqda. Bu fyuzelyajning turli shakllarini sinovdan o‘tkazish, tovush tezligiga erishishda shovqin aynan qachon yo‘lovchilarga xalaqit berishini aniqlash bo‘yicha tovush tajribalarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

NASA’da bunday samolyotning ishchi nusxasini 2025 yilgacha yaratishga umid bildirilmoqda. Bunday samolyotlarga juda baland shovqin solishi tufayli aholi yashaydigan hududlar ustidan o‘tish taqiqlangan. Tovush sinovlari bu muammoni butunlay hal qilish uchun samolyotning shaklini to‘liq o‘zgartirishga imkon beradi.