Jahon | 08:08 / 06.12.2015
3264
1 daqiqa o‘qiladi

Obama AQShdagi xavfsizlik yuzasidan millatga murojaat qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama 6 dekabrda AQShdagi xavfsizlik yuzasidan millatga murojaat qiladi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.

“Yakshanba kuni prezident Obama asosiy ustuvor vazifa – amerika xalqining xavfsizligini amalga oshirish uchun hukumat qabul qiladigan qadamlar borasida Oq uyning Oval kabinetidan millatga yuzlanadi”, deyilmoqda xabarda.   

Qayd etilishicha, Obama San-Bernardinodagi otishmaning tergovi bo‘yicha yangi ma'lumot bilan bo‘lishadi. Shuningdek, Obama terrorchilikka, jumladan IShIDga qarshi kurashning zarurligini ta'kidlab o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish