Sport | 13:18 / 06.12.2015
2809
1 daqiqa o‘qiladi

Paolo Maldini: "Milan"da futbolni tushunadigan odam yo‘q

"Milan" jamoasining sobiq futbolchisi, jamoa safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatgan himoyachi Paolo Maldini jamoa rahbariyatini tanqid qildi. U rahbariyatni futbolni tushunmaslikda ayblagan.

Qayd etish kerakki, yaqin vaqtlargacha Yevropa grandlaridan biri hisoblangan "Milan" oxirgi 2 mavsumda 8 va 10 o‘rinlarni egalladi. Joriy mavsumda o‘tkazilgan 14 turdan keyin esa Sinisha Mixaylovich murabbiyligidagi "rossonerilar" turnir jadvalining 7-o‘rinida joylashishgan.

"Milan"gan futbolni tushunadigan odamlar kerak. Ayni vaqtda esa klubda bunday odam yo‘q. Galliani o‘z ishini yaxshi bajaradi, u yaxshi vitse-prezident hisoblanadi. Lekin unga yaxshi yordamchi kerak. Bunday yordamchidan futbolchilarda jamoaga sadoqat va o‘ziga ishonch uyg‘otish talab qilinadi", deydi sobiq futbolchi La Gazzetta dello Sport nashriga.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish