Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:06 / 07.12.2015
18006
1 daqiqa o‘qiladi
Asal Shodiyeva mobil telefon ishlatishdan voz kechmoqchi
Aktrisa Asal Shodiyeva so‘nggi paytlarda mobil telefonidan uzoqlashmoqda. Bu haqda u "Sayyod.som"ga ma'lum qilgan.
U biror joyga borganida telefonini uyga qoldirishga odatlanganini, chunki biror xabar kelganida ovozi chiqsa, darhol diqqati buzilishini aytib o‘tgan.
"Shunday vaqtda uzoq vaqtga telefonga qarab qolasiz, bu holat esa chetdan juda xunuk ko‘rinadi. Telefonning zararli taraflari ko‘paymoqda. Menimcha, bora-bora mobil telefonlarsiz davrlar yana qaytadi deb o‘ylamoqdaman", degan aktrisa.