Texnologiya | 19:01 / 07.12.2015
2484
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada jamoat joylarida Wi-Fi hududlari taqiqlab qo‘yiladi

Fransiya Ichki ishlar vazirligi jamoat joylarida Wi-Fi va Tor orqali internetdan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar tarqatgan.

Bu tashabbus 2016 yilning yanvaridan aksilterror harakatlar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Loyiha Tor`ni taqiqlash haqida aniq qarorga kelmagan.

Tor 2012 yilda Xitoyda to‘sib qo‘yilgandi.

Shuningdek, loyihada internet orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi VoIP xizmatlar faoliyati ham cheklanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish