Jahon | 23:46 / 07.12.2015
1930
1 daqiqa o‘qiladi

Kaspiy dengizidagi neft platformasidagi yong‘inda yo‘qolgan 6 kishining jasadi topildi

Kaspiy dengizida neft platformasidagi yong‘inda yo‘qolgan 6 kishining jasadi topildi, deb xabar bermoqda Oxu.Az nashri.

Bu haqda “Azneft” ishlab chiqarish birlashmasining bosh muhandisi Balamirza Agaragimov ma'lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, jasadlar 10-raqamli platformadan 65-70 km uzoqlikda topilgan.

Avvalroq qutqaruvchilar Kaspiyning Ozarbayjonga tegishli qismidagi Gyuneshli konidagi neft platformasidagi yong‘inda halok bo‘lgan bir neftchining jasadini topishgani ma'lum qilingandi. 30 kishi qutqarib olingan, biroq 29 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish