Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevning sobiq hokimi Gruziyada siyosiy partiya yaratdi
Kiyevning sobiq hokimi, millioner Leonid Chernovetskiy “Baxtli Gruziya uchun” siyosiy partiya yaratdi. Bu haqda u o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar qildi.
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, u “Gruziya siyosatiga qiziqib” qoldi bu yerda insonlar hayotini yaxshilashga harakat qiladi.
“Gruziyani o‘zgartirish Ukrainani o‘zgartirishdan osonroq, negaki bu yerda ko‘pgina islohotlar o‘tkazib bo‘lingan. Shuning uchun men bu yerda “Baxtli Gruziya uchun” partiyasini yaratishga qaror qildim”, - deb yozadi millioner.
Shuningdek, Chernovetskiy 2016 yildagi parlament saylovlariga tayyorlanayotganini ma'lum qildi: “Men parlamentga kirmoqchiman. Atrofda qashshoqlik, yetakchi siyosiy kuchlarning pozitsiyasi juda zaif. Biz barcha sohalarda islohot o‘tkazamiz”.