Jahon | 10:59 / 07.12.2015
2147
1 daqiqa o‘qiladi

Obama San-Bernardinodagi otishmani terakt deb atadi

AQSh prezidenti Barak Obama millatga murojaatida San-Bernardinodagi otishmani terrorchilik akti deb atadi.

U voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotganini alohida ta'kidladi.

“Shunga qaramay, hozircha kaliforniyalik jinoyatchilar chetdagi biror terrorchi guruhg tomonidan yo‘naltirilgani yoxud mamlakat ichidagi keng fitnaning bir qismi bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q”, - dedi Obama.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi imkoniyatlari cheklangan insonlar markaziga hujum uyushtirildi. Hujum uyushtirganlar – Said Rizvon Faruq va Tashfen Malik, politsiyaning fikricha, “uzoq hujumga tayyorlangan bo‘lib, harbiy taktikani qo‘llaganlar”. Hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohat oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish