Sport | 10:22 / 07.12.2015
3354
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» «Kadis»ga qarshi javob o‘yini uchun chiptalar sotishni davom ettirmoqda

Madridning «Real» jamoasi Ispaniya kubogidan chetlashtirilgan bo‘lsada, 1/16 final bosqichi doirasida «Kadis»ga qarshi javob o‘yini uchun chiptalar sotishni to‘xtatmadi davom etmoqda. Bu haqda As xabar bergan.

Bundan oldinroq, jamoa rahbariyati «Real» Ispaniya Kubogidan chetlatilgani yuzasidan Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berishi aytilgandi.

Ispaniya futbol federatsiyasi appelyatsiya qo‘mitasi payshanba kuni mazkur masalani ko‘rib chiqadi. Juma kuni esa masala Ispaniya sport ishlari bo‘yicha tartib-intizom qo‘mitasida muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda madridliklar diskvalifikatsiyasi mavjud Denis Cherishevni o‘yinga tushirishgani uchun musobaqadan chetlatilgandi.

«Real» muxlislarga murojaat qilib, agar «Kadis»ga qarshi o‘yin o‘tkazilmasa, chipta puli qaytarilishini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish