Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Arktikada 6ta harbiy baza qurishni yakunlamoqda
Arktikada Rossiyaning 6ta harbiy bazasining qurilishi va moddiy ta'minoti deyarli yakuniga yetdi. Bu haqda Bosh shtabdagi manbasiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
“Bosh shtabning direktiv hujjatlariga muvofiq, 1 dekabrda Arktika orollarida hamda Rossiyaning materikdagi qutborti hududlarida 6ta harbiy bazaning joylashtirilishi va ta'minoti bo‘yicha ishlar deyarli yakunlangan”, - ma'lum qildi agentlik manbasi.
Bazalar Vrangel, Kotelniy, Aleksandra yeri, Sredniy orollarida, Rogachyovo qishlog‘i va Shmidt burnida joylashtirilgan.
Orollar va burunda infrastrukturaning birinchi darajali obektlari qurilgan va qayta tiklangan, bular orasida ma'muriy va turarjoy komplekslari, yopiq harbiy shaharchalar, aerodromlar, qismlar va bo‘linmalarning harbiy pozitsiyalari bor.
Yangi yil arafasida bazalarga yuzlab harbiy xizmatchilar joylashtiriladi.
Qurilish ishlari 2016 yilda davom etadi. Guruhlar qurol-yarog‘ va texnikaga ega shaxsiy tarkib bilan to‘ldiriladi.
2018 yilga qadar Arktikada mobil harbiy guruhlarga ega bo‘lish ko‘zda tutilmoqda.