Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amnesty International IShIDning qurol-aslaha manbaini aniqladi
Amnesty International huquq himoya qilish tashkiloti o‘zining saytida IShID jangarilari oxirgi o‘n yilda Iroqqa nazoratsiz tushgan qurol-aslahalardan foydalanayotgani haqidagi hisobotni chop etdi.
Videoroliklar va fotosuratlar tahliliga ko‘ra, jangarilar 25 ta davlat, jumladan Xitoy, Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalardan foydalanadi.
Tashkilotning qurol-aslahalarni nazorat qilish xodimi Patrik Uilkenning aytishicha, jangarilar tomonidan ishlatiladigan qurol-aslaha nazorat va tartib bo‘lmagan mintaqada qurol-aslahaning oldi-orqaga qaralmay ongsizlarcha sotilishiga misol bo‘la oladi.
Ta'kidlanishicha, jangarilarning aksariyat qurol-aslahasi bir paytlar mintaqaga AQSh va uning ittifoqchilari, Rossiya va sobiq ittifoqning boshqa davlatlari tomonidan yetkazib berilgan. Hisobotda ta'kidlanishicha, IShID ishlatayotgan an'anaviy qurol-aslahaning katta qismi 1970-yillardan 1990-yillargacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan.
Amnesty International shu tufayli Suriya hukumati va muholif guruhlarga qurol-aslaha yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirmoqda, chunki nobarqaror mintaqalarda qurol-aslaha o‘z egasini osongina o‘zgartirib, yanada ko‘proq qurbonlarga olib kelishi mumkin.