Jahon | 01:23 / 08.12.2015
7076
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Liviyada IShID yetakchisi halok bo‘lganini tasdiqladi

Pentagon Liviyada IShID yetakchilaridan biri hisoblanmish Abu Nabilning halok bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters.

AQSh qurolli kuchlari vakili Jyeff Devisning ta'kidlashicha, Nabil Amerikaning F-15 samolyoti bergan avizarba oqibatida Darna shahrida halok bo‘lgan. Aviazarba 13 noyabrda amalga oshirilgan.

Shu paytgacha, Abu Nabilning halok bo‘lgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanib kelmayotgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish