Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: Moskva bekatida F-1 granatasi portladi
7 dekabr kuni Moskva markazidagi avtobus bekatlaridan birida portlash sodir bo‘lgan edi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, bu F-1 granatasi bo‘lgan ekan.
“Bezorilik moddasi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish bo‘yicha olib borilgan tergov doirasida Moskva politsiyasi ekspertlari Pokrovka ko‘chasidagi avtobus bekati yaqinida F-1 granatasi portlaganini aniqlashdi”, - ma'lum qildi shahar politsiyasi matbuot kotibi Andrey Galiakberov.
Shuningdek, u olib borilayotgan tergov va surishtiruv harakatlari bilan bog‘liq ravishda ko‘chaning ushbu qismida faqat jamoat transportiga harakatlanish ruxsat etilganini ta'kidladi.