Jahon | 15:35 / 08.12.2015
4817
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi

Rossiya bosh prokuraturasi inson savdosida ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Farrux Tuyg‘unovni ekstraditsiya qildi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Tuyg‘unov 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

“Tuyg‘unov 2013 yil iyunidan 2014 yil fevraliga qadar opasi bilan birgalikda vatandoshi bo‘lgan ikki qizning og‘ir moddiy ahvolidan foydalanib, ularni Mirobod tumanidagi xonadonida joylashtirgan. Zo‘rlik bilan u qizlarni intim xizmatlar ko‘rsatishga majbur qilgan.

2015 yil iyunida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan Tuyg‘unov Moskvada qo‘lga olindi”, - deyiladi prokuratura xabarnomasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish