Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:09 / 08.12.2015
8458
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvadagi avtobus bekatida portlash yuz berib, 3 kishi jarohatlandi
Moskva shahridagi jamoat transporti bekatida qo‘lbola portlovchi qurilma harakatga keltirildi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga asoslangan holda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Manbaning aytishicha, bu hodisa Pokrovka ko‘chasidagi 19 uy qarshisidagi bekatda ro‘y bergan.
"Jamoat transporti bekatlaridan birida qo‘lbola usulda tayyorlangan portlovchi qurilma portlashi tufayli 3 kishi jarohatlangan", deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda voqea joyiga qutqaruv va maxsus xizmatlar guruhlari yetib borgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish