Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni uch kishiga yetdi
Buyuk Britaniyadagi tabiiy ofat qurbonlari oshishi davom etmoqda. Ular soni uch kishiga yetdi, 42 mingta uy elektr ta'minotisiz qoldi. Sinoptiklar hududda kuchli bo‘ron bo‘lishidan ogohlantirishmoqda.
Angliyaning shimoliy-g‘arbiy hududlarida boshlangan bo‘ron va suv toshqinidan iborat tabiiy ofat ikki mingga yaqin turar-joy binosini yakson qildi, ko‘plab yo‘llar suv bilan qoplandi, temir yo‘l qatnovi izdan chiqdi. O‘n minglab uy elektr ta'minotisiz qoldi. Bo‘ron Shotlandiyaning janubiga qadar yetib bordi.
Kuchli shamol va suv toshqini natijasida uch nafar kishi nobud bo‘ldi, deb yozmoqda Telegraph gazetasi.