Jahon | 23:40 / 08.12.2015
12409
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish maqsadida olimlarni yollamoqda

Yevroparlament ma'ruzasiga ko‘ra, IShID olimlarni (fizik, kimyogar va dasturchilarni) ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish uchun yollamoqda. Bu haqda Die Welt nemis nashri yozmoqda.

“IShID xorijdan yuzlab fizik, kimyogar va dasturchilarni yollamoqda, ekspertlarning fikricha bu mutaxassislar oddiy moddalardan qirg‘inbarot qurol tayyorlashi mumkin”, deb aytdi Yevroparlament tahlilchisi Beatris Immenkamp.

Nashrning ta'kidlashicha, terrorchilarning yangi qadami biologik, yadroviy va kimyoviy qurol – xavfli moddalardan tashkil topgan qo‘lbola bombalar qo‘llanadigan terakt bo‘lishi mumkin.

Ma'ruza mualliflarining ma'lumotlariga ko‘ra, kerakli moddalar maxfiy ravishda Yevropa Ittifoqi davlatlari hududiga yetkazilgan. Ular bunday moddalarning yuzlab yo‘qolishi va o‘g‘irlanishi holatlarini keltirishmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, zarin, ritsin va sibir kuydirgisi kabi moddalar eng katta xavf soladi. Yevroparlament Yevropa davlatlari hukumatlariga Suriyadan qaytgan odamlar va tegishli sohalarda ishlaydigan mahalliy radikallarga sinchkovlik bilan e'tibor qaratishni tavsiya qilmoqda.

Avvalroq IShID jangarilari tomonidan kimyoviy qurol ishlab chiqarish uchun maxsus bo‘lim tuzilgani ma'lum qilingandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, IShID va Yaqin Sharqdagi boshqa terrorchilik guruhlari zaharlovchi moddalar, xususan ipritga ega bo‘la olishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish