Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 00:50 / 08.12.2015
4021
1 daqiqa o‘qiladi
OPeK neft narxini 2009 yildagi inqirozdagidan past darajagacha tushirib yubordi
Neft narxlari OPeKning 2016 yilga neft qazib olish darajasini belgilash bo‘yicha bir qarorga kelolmayotgani ortida pasayishda davom etmoqda.
Xususan, Londondagi ICE Futures birjasida yanvar oyida yetkazib beriladigan Brent nefti narxi 3,06 foizga, ya'ni 41,84 dollarga pasaydi.
Nyu-York tovar birjasidagi WTI turidagi yengil neft narxi 3,23 foizga, ya'ni 38,71 dollarga pasaydi.
Neft narxi Brent turidagi neft 41,48 dollarga pasayib ketgan 2009 yil martidagi minimum qiymatlargacha tushib ketdi.