O‘zbekiston | 17:20 / 08.12.2015
2721
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘tgan haftada 190 ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekistonda 190 ta yong‘inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 663 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 839 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqaro A.Temirovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanida yashovchi fuqaro M.Aliyevning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 40 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li M.Olimov kuyish tan jaroxatini olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi fuqaro A.Yuldashevning uyida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, molxonaning 20 kv. metr maydonda tom qismi va g‘amlab qo‘yilgan xashagi hamda qo‘shnisining molxonasini 30 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish