Jahon | 00:48 / 08.12.2015
2804
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Suriyadagi xalqaro koalitsiyani qo‘llab-quvvatlamoqchi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainaning Suriyadagi aksilterrorchilik koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “112 Ukraina” nashri.

“Men janob Baydenga Ukrainaning Suriyadagi koalitsiya kuchlarini maksimal qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladim. Ukraina aksilterrorchilik koalitsiyasi bilan doimo yonma-yon boradi va Ukraina uchun terrorchilik xavfi bizga juda yaxshi tanish. Biz mamlakat ichida terrorchilikka qarshi kurash nimaligini bilamiz”, deb aytdi Poroshenko.

Poroshenko Kiyev AQSh boshchiligidagi koalitsiyani aynan qanday qilib qo‘llab-quvvatlashini aniqlashtirmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish