Jahon | 22:27 / 08.12.2015
2434
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston hukumati 2016 yil uchun byudjyet loyihasini ma'qulladi

Qirg‘iziston hukumati vazirlar mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarishlarni hisobga olib ishlab chiqilgan 2016 yil uchun byudjyet loyihasini ma'qulladi. Ushbu qaror 8 dekabrdagi yig‘ilishda qabul qilindi.

Qirg‘iziston moliya vaziri Odilbek Qosimaliyevning aytishicha, keyingi yil uchun byudjyet strukturasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi. Biroq g‘aznaning daromad qismi 4,6 mlrd qirg‘iz so‘miga oshadi. Byudjyetning defitsiti 5,5 foizdan 4,5 foizga qisqartiriladi. Byudjyetning xarajatlar qismi xalqaro tashkilotlarga a'zolik badalining to‘lanishi zarurati, Davlat ipoteka kompaniyasining moddiy kapitalini yaratish va respublikada epizootik (hayvonlarda yuqumli kasalliklarning tarqalishi) holatni yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirish hisobiga oshdi.

“Byudjyet loyihasi avgustda qabul qilingandi. Uni hattoki Jogorku Kenesh ko‘rib chiqishiga kiritganmiz. Biroq keyin yangi parlament kelib, koalitsiya tuzdik va hukumatning yangi strukturasini qabul qildik. Shu o‘zgarishlar tufayli biz byudjyet loyihasini qayta hisoblab chiqish uchun ortga qaytib oldik. Biz xarajat qismiga oqilona yondashdik. Ba'zi tadbirlarga hozircha pullar ko‘zda tutilmagan, biroq vazirlik va boshqarmalar tashvishlanmasalar bo‘ladi. Agar biz yirik loyihalarimizni amalga oshirsak, unda qo‘shimcha mablag‘lar ajratamiz. Ma'qullangan byudjyet loyihasini yaqin vaqtda parlamentga yuboramiz. Biz deputatlardan byudjyetni 2015 yil oxirigacha qabul qilishlarini so‘raymiz”, deb aytdi Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish