Jahon | 12:32 / 08.12.2015
10318
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bir sutkada 6ta yer silkinishi kuzatildi

Kecha, 7 dekabr kuni, Tojikiston hududida bir qancha katta-kichik yer osti silkinishlari kuzatilgan edi. 8 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 3:01da seysmologlar mamlakat hududida navbatdagi silkinishni qayd qilishdi. Uning magnitudasi 4.5 ballni tashkil etdi. Episentr Murg‘obdan 102 km va Xorug‘dan 186 km uzoqda joylashgan. Silkinish chuqurligi – 40 km.

Shu tariqa, bir sutka davomida Tojikistonda jami 6ta zilzila sodir bo‘ldi. 7 dekabr soat 22:51 va 23:54da 4.7 va 4.5 balli zilzilalar ro‘y bergan bo‘lsa, undan oldinroq, soat 12:50, 13:24 va 13:55da 7.2, 4.8 va 4.8 balli silkinishlar kuzatildi. Birinchi yer qimirlashi eng kuchlisi bo‘ldi (7.2 ball).

Bu tabiiy ofatlarning barchasi Pomirda, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida, Sarez ko‘liga ancha yaqin hududda sodir bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish