Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas okeandagi chiqindilardan krossovkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Germaniyaning sport kiyim-kechagi va anjomlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi Parley for the Oceans tashkiloti bilan hamkorlikda okeandagi chiqindilardan ishlangan krossovkalar kontseptual modelini namoyish qildi. Ularni yaratishda 3D-bosma texnologiyasidan foydalanildi.
Poyafzal iqlim masalalariga bag‘ishlangan COP21 anjumanida namoyish qilindi. Dizaynerlar qayta ishlangan plastikni krossovkaning ham tag qismi, ham tepa qismida ishlatishdi.
“Biz Parley for the Oceans bilan birga ekologik toza materiallar yaratish bo‘yicha choralar ko‘rishni va yangi texnologiyalarni kiritishni boshladik”, deb aytdi Adidas Group ijroiya kengashi a'zosi Erik Lidtke.
1948 yilda Germaniyada tashkil etilgan kompaniya Parley for the Oceans tashkiloti bilan 2015 yil bahoridan hamkorlik qilmoqda.
Krossovkalar individual o‘lchamlar bo‘yicha tayyorlanadi. Buning uchun do‘konga tashrif buyuruvchilar bir necha daqiqa davomida yugurish qurilmasida yugurishlari kerak bo‘ladi. Shundan keyin mijoz tovonining aniq qolipi olinadi va bu qolip asosida o‘ziga xos tagcharm ishlab chiqilib, 3D-printerda bosiladi.