Jahon | 09:42 / 09.12.2015
2065
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Norvegiya va Shvetsiyaga IShIDga qarshi kurashda yordam beradi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter o‘zining shved hamkasbi Peter Xulkvistning IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashishga yordam berish bo‘yicha iltimosiga e'tibor qaratdi, deb xabar bermoqda Expressen.

“Maktubning yo‘llanganiga uncha ko‘p bo‘lmadi va u hozir ko‘rib chiqilyapti”, — dedi Xulkvistning matbuot kotibi Marinet Nyu Radebu.

Ma'lum bo‘lishicha, AQSh Norvegiyaga ham terrorizmga qarshi kurash masalasida yordam qo‘lini cho‘zgan. Bu borada Norvegiya mudofaa vaziri Irne Eriksen Serey AQShdan razvedka samolyotlari, maxsus qo‘shin va texnik qo‘llab-quvvatlov so‘ragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish