Sport | 07:39 / 09.12.2015
5342
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL, A guruhi: «Real» Madridda «Malme»ga 8ta gol urdi

Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida "Real" klubi gol urish borasida turnirning joriy mavsumdagi eng yirik hisobini qayd etdi. 

O‘yinda Karim Benzema uchta gol urib, xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu to‘rtta gol urishga erishdi. 
Shu tariqa madridliklar guruhda 100 foizlik natija qayd etishdi.

"A" guruhining ikkinchi uchrashuvida "PSJ" "Shaxter"ni qiyinchiliksiz 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.


YeChL, A guruhi, 6-tur
Real Madrid – Malme 8:0 (3:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 24 Benzema, 3:0 – 39 Ronaldu, 4:0 – 47 Ronaldu, 5:0 – 50 Ronaldu, 6:0 – 58 Ronaldu, 7:0 – 70 Kovachich, 8:0 – 74 Benzema.
Real Madrid – Kasilya, Pepe (Marselo, 53), Arbeloa, Danilo, Nacho, Xames (Xese, 65), Kazemiro, Kovachich (Cherishev, 76), Isko, Ronaldu, Benzema.
Malme – Viland, Karvalo, Yotun, Tinnerxolm, Arnason, Rakip (Kron, 77), Levitski, Adu, Sana (Mexmeti, 64), Berget, Djurdjich (Rodich, 46).

PSJ – Shaxter  2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 57 Lukas, 2:0 – 86 Ibrohimovich.
PSJ – Trapp, Kurzava, David Luiz, van der Vil, Markinos, Stambuli, Rabo, Lukas (Nkunku, 87), Matyuidi (Di Mariya, 68), Lavessi (Kavani, 69), Ibrohimovich.
Shaxter – Kanibolotskiy, Srna, Ismaili, Kucher, Rakitskiy, Fred, Stepanenko, Marlos (Kovalenko, 74), Teysheyra, Tayson (Bernard, 69), Eduardo (Dentino, 78).
Ogohlantirishlar: Lavessi (39), Srna (61), Ismaili (81), Rakitskiy (84).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish