Jahon | 09:29 / 09.12.2015
7090
1 daqiqa o‘qiladi

Eron ballistik raketa uchirgani tasdiqlansa, AQSh chora ko‘radi

AQSh Davlat departamenti Eron tomonidan noyabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzgan holda ballistik raketaning sinov tartibida uchirilishi faktini o‘rganmoqda. Bu haqda departament vakili Jon Kirbi brifing chog‘ida ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu ma'lumotlar tasdiqlangan taqdirda AQSh tegishli choralarni ko‘radi. Ayni paytda raketa uchirilishi tasdiqlanmagan.
2015 yil oktabrida Eron mudofaa vaziri general Hussayn Dehgon uzoq radius ta'siriga ega ballistik raketasi muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qilgan edi.

O‘shanda AQSh vakillari bu BMT XK rezolyutsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi haqida bayonot bergan edi. Bu holat yana takrorlanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish