Jahon | 00:29 / 09.12.2015
6539
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Rossiyaga IShIDga qarshi birgalikda aviazarbalar berishni taklif qiladi

Iroq parlamentining xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi Rossiyaga IShID pozitsiyalariga birgalikda aviazarbalar berishni va Iroqda terrorchilikka qarshi birga kurashishni taklif qiladi. Bu haqda Sputnik agentligiga qo‘mita a'zosi Iskandar Vatut ma'lum qildi.

“Yaqinda yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va unda bosh vazir Haydar al-Obodiy ishtirok etadi. Unda biz Rossiyaga IShID pozitsiyalariga birgalikda aviazarbalar berish va Iroqda terrorchilikka qarshi birga kurashishni taklif qilamiz”, deb aytdi Vatut.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish