Jahon | 09:33 / 09.12.2015
3658
1 daqiqa o‘qiladi

Karli Fiorina: Tramp Klinton uchun bayramona qog‘ozga o‘ralgan sovg‘adir

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lgan Karli Fiorinaning fikricha, uning partiyadoshi Donald Tramp ichki poygada g‘alaba qozongan taqdirda prezidentlik saylovlarida g‘alabani demokratlarga topshirib qo‘yadi. Uning so‘zlarini The Des Moines Register nashri keltirmoqda.

“Bir narsani aniq bilaman: Hillari Klinton Donald Trampga bayramona qog‘ozga o‘ralgan sovg‘a sifatida qaramoqda”, - ta'kidladi Fiorina xonim.
Uning ishonishicha, agarda Tramp partiyadan vakil bo‘lib chiqsa, Klinton xonim “u bilan pol artadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish