Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:52 / 09.12.2015
2471
1 daqiqa o‘qiladi
Kreml Putin va Kerri uchrashib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish mumkinligini istisno qilmadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan keyingi haftada uchrashishi va bu uchrashuvda Suriyadagi siyosiy inqiroz muammosi muhokama qilinishi mumkin. Bu haqda Putinning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov savollarga javob qaytarish vaqtida ma'lum qilgan.
"Bu ehtimolni istisno qilmaymiz", degan u.
Bundan oldinroq, Kerri keyingi haftada Moskvaga tashrif buyurishi xabar qilingandi.
"Men bir haftadan keyin Moskvaga borib, Ukraina va Suriya masalalari bo‘yicha Putin va Lavrov bilan uchrashmoqchiman", degan Kerri.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish