Jahon | 22:29 / 09.12.2015
7534
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya IShID Turkiya hududidan foydalanayotgani haqida allaqachon biladi

Rossiya hukumati IShID Turkiya hududidan tijoriy va jangarilar tayyorlash maqsadida foydalanib kelayotgani haqida allaqachon biladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lumotiga tayanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Biz IShID Turkiya hududidan tijoriy maqsadlarda, Suriyaga qurol-yarog‘ va terrorchilar yetkazishda, ekstremist va jangarilarning davolanishida, ularning dam olib, Suriya va Shimoliy Kavkazga harbiy operatsiyalar o‘tkazish uchun qaytishlarini ancha oldindan bilamiz”, — deb ta'kidlagan Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish