Jahon | 10:23 / 09.12.2015
3977
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjonda naqd pulga spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2016 yil 1 yanvardan mamlakatda naqd pulga spirtli ichimliklar sotilishi taqiqlanishi haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Ushbu qonunni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ham qo‘llanishi mumkin.

“50 manatgacha (50 dollar atrofida) naqd pulga aksizlanadigan mahsulotlarni, tamaki mahsulotlaridan tashqari, sotish va bunday mahsulotlarni sotish maqsadida naqd pulga sotib olishga 100 manat miqdorida jarima solinadi”, deb aytilmoqda ma'muriy qoidabuzarliklar kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarda.

Ozarbayjonda spirtli ichimliklar aksizlanadigan mahsulotlar hisoblanadi.

Shuningdek, shu munosabat bilan jinoyat kodeksiga ham tuzatishlar kiritildi. “Katta miqdordagi (50 dan 1000 manatgacha) naqd pulga aksizlanadigan mahsulotlarni, tamaki mahsulotlaridan tashqari, sotish hamda ularni sotish maqsadida naqd pulga sotib olishga 1000-2000 manat miqdorida jarima solinadi yoki bir yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”, deyilmoqda tuzatishlarda.

Ta'kidlanishicha, yangi tuzatishlar 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish