Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: IShIDga qarshi qurollarni yadroviy jangovor kallaklar bilan jihozlashga ehtiyoj paydo bo‘lmaydi, deb umid qilaman
Rossiya prezidenti Vladimir Putin IShIDga yangi yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba berilishi natijalarini o‘rganib chiqishga buyruq berdi va terrorchilarga qarshi kurashda ularni yadroviy jangovor kallaklar bilan jihozlashga ehtiyoj paydo bo‘lmasligiga umid bildirdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
“Albatta, hammasini va jang maydonida nimalar sodir bo‘layotgani, qurollar qanday ishlayotganini tahlil qilib chiqish lozim. “Kalibr”lar ham, “A-101” raketalari ham umuman olganda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan, bu yangi, zamonaviy va yuqori aniqlikdagi qurollardir, biz buni endi tushunmoqdamiz. Yuqori aniqlikdagi qurollar oddiy jangovor kallaklar bilan bir qatorda yadroviy kallaklar bilan ham jihozlanishi mumkin. Albatta, terrorchilarga qarshi kurashda bunga ehtiyoj yo‘q, umid qilamanki, ehtiyoj bo‘lmaydi ham”, deb aytdi Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvi davomida.