Jahon | 10:10 / 09.12.2015
11493
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya suv osti kemasidan yo‘llangan raketa Suriyada IShIDning ikkita obektini nishonga urdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu IShID jangarilarining Suriyaning Raqqa shahridagi ikkita yirik punkti O‘rta Yer dengizidagi “Rostov-na-Donu” suv osti kemasidan yo‘llangan zarbalar bilan yo‘q qilindi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Oqibatda aviatsiya ham, suv osti floti ham muvaffaqiyatli zarbalarni amalga oshirdi, barcha nishonlar yo‘q qilindi. “Kalibr” qanotli raketasi navbatdagi galda uzoq masofalarga yo‘llashda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi”, deb aytdi Sergey Shoygu Vladimir Putin bilan uchrashuvda.

“Biz to‘liq ishonch bilan o‘q-dori omborlari va minalar tayyorlanadigan zavodlarga va albatta, neft infratuzilmasiga katta shikast yetkazildi, deb ayta olamiz”, deb aytdi Shoygu.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish