Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodorkovskiy: Rossiya hukumati muammolari 2018 yilda yuzaga chiqadi
O‘zi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Mixail Xodorkovskiy Rossiya hukumati qachondan boshlab jiddiy muammolarga duch kelishini aytib o‘tdi.
"Hukumatning hozirgi zaxiralari 2017 yilgacha yetadi. Agar G‘arb sanksiyalarini davom ettirmagan taqdirda ham 2 yil ichida zaxiralar tugaydi. Agar sanksiyalar davom ettirilsa, muammolar 2018 yildayoq yuzaga chiqadi", deydi Xodorkovskiy.
O‘z chiqishida Xodorkovskiy Rossiya "inqilobdan qochib qutila olmasligini" aytib o‘tgan.
Biroz oldinroq, Tergov qo‘mitasi Xodorkovskiyni 1998 yilda Neftyugansk shahri merining qotilligi bo‘yicha so‘roq berish uchun chaqirtirgandi. Xodorkovskiyning vakili u Rossiyaga qaytmoqchi emasligini bildirgan.