Sport | 16:07 / 10.12.2015
2810
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Karim Benzema Fransiya termasidan vaqtinchalikka chetlatiladi

"Real" klubi hujumchisi Karim Benzema bugun Fransiya terma jamoasidan rasman ozod etiladi. Bu haqida L'Équipe nashri xabar tarqatdi.

Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel Le Gret mazkur vaziyat yuzasidan matbuot-anjumani o‘tkazadi va uni Matyo Valbuena va Karim Benzema o‘rtasidagi mashmashaga oydinlik kiritishga bag‘ishlaydi.

Benzema terma jamoadan vaqtinchalikka chetlatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Benzemani Fransiya terma jamoasidan chetlatish kerakligi haqida mamlakat bosh vaziri ham aytib o‘tgandi.

Benzema o‘zining terma jamoadagi sherigi Matyo Valbuenaning shaxsiy videoroliklarni jinoyatchi guruhlarlarga - pul unirish uchun berib yuborishda gumon qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish