Jahon | 16:57 / 10.12.2015
3236
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada isitkichni burni bilan shishirish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan shaxs o‘g‘rilik uchun qo‘lga olindi

Rossiya IIV Moskva bosh boshqarmasi matbuot kotibi Andrey Galiakberov poytaxt politsiyasi xodimlari pul va qo‘l soatlarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan uch kishi qo‘lga olinganini xabar berdi. Uning so‘zlarini “Moskva” yangiliklar agentligi keltirmoqda.

Galiakberovning so‘zlariga qaraganda, politsiyaga 28 yoshli erkak murojaat qilib, uning xonadonida o‘g‘rilik sodir etilgani haqida xabar bergan. Jumladan, uning uyidan 1 mln rubl va qimmatbaho qo‘l soatlari olib chiqilib ketgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida uch nafar chet ellik erkak qo‘lga olingan. Ulardan biri hibsga olingan paytda qalbaki pasport ko‘rsatgan, ammo keyinchalik uning shaxsi aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, bu gruziyalik dzyudochi Jyemal Tkeshelavshvili ekan.

2009 yilda Tkeshelavshvili 1 daqiqa ichida yorib yubora olgan isitkichlari soni bo‘yicha rekord o‘rnatib, Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. U isitkichni burni bilan shishirib, 1 daqiqa ichida 3tasini yorib yubora olgan. Birinchisining uddasidan chiqish uchun 23, ikkinchisiga 16, uchinchisiga 13 sekund talab qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish