Jamiyat | 15:09 / 10.12.2015
6765
1 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Ali Trampni AQShdagi musulmonlarga qarshi malomatlari uchun tanqid qildi

Afsonaviy bokschi Muhammad Ali AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Donald Trampni u tomonidan Amerikaga musulmonlarni kiritmaslik taklifi berilgani uchun tanqid qildi.

"Haqiqiy musulmonlar bilishadiki, IShID vakillari Islom dini asoslariga qarshi borishmoqda. Bu vaziyatdan siyosatchilar o‘zlari uchun foydalanmoqda", deydi sobiq bokschi CBS News telekanaliga.

Bundan oldinroq, Mark Tsukerberg Trampning tajovuzkorona fikrlariga qarshi chiqqandi.

Shuningdek, Trampning Buyuk Britaniyaga kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi petitsiyani 100 ming britaniyalik imzolagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish