Jahon | 10:22 / 10.12.2015
3115
1 daqiqa o‘qiladi

NYT Baydenni Ukrainadagi korruptsion sxemalarga aloqadorlikda aybladi

The New York Times nashri AQSh prezidenti o‘rinbosari Jo Baydenning yaqinda Ukrainaga amalga oshirgan tashrifi munosabati bilan janjalli maqola e'lon qildi. Unda aytilishicha, Bayden Ukraina davlat kompaniyalarining korruptsion sxemalariga aloqador bo‘lib, u yerda o‘z oilasining moliyaviy manfaatlarini himoya qiladi.

“Baydenning aksilkorruptsion chaqiriqlariga bo‘lgan ishonch uning o‘g‘li Xanter Baydenning eng yirik gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan Burisma Holdings va uning rahbari Nikolay Zlochevskiy bilan aloqalari ma'lum bo‘lganidan so‘ng shubha ostida qoldi”, - deb yozadi nashr.

Aytilishicha, Xanter 2014 yil aprelida Burisma direktorlar kengashi a'zosiga aylangan. O‘shanda Britaniya Zlochevskiyning Londondagi 23 mln dollar pulini muzlatib qo‘ygan edi. U pulni legallashtirish operatsiyalarida ishtirok etganlikda ayblangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish